G'ala-g'ovur ichida ham, bo'la olsang xotirjam.
Boshga kelgan baloni ko'raverishsa sendan;
Ishonchingni yo'qotma, aslo qayg'uga botma!
Gar eplolsang kutishni bu yo'lda hormay-tolmay,
Yoki aldangandirsan tiling yolg'onga bormay.
Yoki uchrab nafratga g'azabga bermay o'zing
Shunda ham kerak emas, na yaxshi ko'rinishing,
Na aytar dono so'zing.
Orzu qil-u bo'lmaginda, orzularning asiri,
Fikr qil, lek maqsadingga, fikrlarni tegmasinda ta'siri.
G'alaba va ofatga gar duch kelganingda darhol,
Har ikkisin ko'r barobar, aldanmagin eslab qol!
Aytganlaring haqiqatin eshita bil, qil sabr.
Firibgarning tuzog'i, ahmoqqa bo'lar jabr.
Hayotda erishganing gar bo'lsa bir kun barbod,
Qaytadan qur eski-tuski buyumdan etib bunyod
Bari yutuqlaringga, qo'ling yetgan zamonda
Bir tangacha otganday gar boy bersang maydonda.
Natijada, shunda ham, bir nafas ham so'z dema.
Olg'a intil oldinga, qayta boshla g'am yema.
To boring ketmaguncha, qalbdan, asab, paygacha
Sog'liqni qadriga yet, tanangda har joygacha.
Bo'ysundirgin o'zingga, toki u tinmaguncha,
O'lmagay ruh-u tanang, irodang so'nmaguncha!
Xalq oldida yo'qolmasin, sening go'zal xislating,
Shohla yursang mag'rurlanma, saqlab qol fazilating.
Do'st-u dushmanlaring ham, yetkazolmasin bir gard,
Hammaga bo'l suyanchiq, lek oshib ketmasligi shart.
Bu onlar yoddan chiqmas, har daqiqasin boyit,
Oltmish lahza sen bilan, vaqtida qadriga yet.
Qabul qilsang boricha, seniki Yer, bu olam,
Shunda o'g'lim, bo'lgaysan haqiqiy Er, chin Odam!